08:52 / 09.07.2015
3287

"Zenit" jamoasining nazorat uchrashuvi vaqtida maydonga o‘rdaklar tushib keldi

Rossiyaning "Zenit" va Bolgariyaning "Ludogorets" jamoalari o‘rtasidagi nazorat uchrashuvi vaqtida maydonda o‘rdaklar paydo bo‘ldi. Bu haqda "piterliklar"ning rasmiy tvitterida xabar berilgan.

Ma'lum bo‘lishicha, bu voqea 8 iyul kuni Avstriyada o‘tkazilgan o‘yinning ilk daqiqalarida yuz bergan. Xodimlar o‘rdaklarni olib chiqib ketishgach, o‘yin davom ettirilgan.

Lekin o‘yin kuchli yomg‘ir tufayli oxirigacha davom ettirilmadi.

Shuningdek, o‘yin vaqtida "Zenit"ning asosiy futbolchilaridan biri Danni jarohat olgan.

Top