18:25 / 10.07.2015
5543

Germaniya AQShga Gretsiyani Puerto-Rikoga almashtirishni taklif qildi

Germaniya moliya vaziri Volfgang Shoyble amerikalik hamkasbi Jyek Lyuga Gretsiyani Puerto-Rikoga almashtirishni taklif qildi. Bu haqda Bloomberg agentligi xabar bermoqda.
“Yaqinda men do‘stim Jyek Lyuga, agar AQSh Gretsiyani dollar ittifoqiga olishga rozi bo‘lsa, Puerto-Rikoni Yevrozonaga olish mumkin bo‘lishini aytgandim”, – dedi Shoyble.
Puerto-Riko, Gretsiya singari, moliyaviy inqirozdan aziyat chekmoqda. AQSh bilan uyushgan davlatning qarzi 72 mlrd dollarni tashkil qiladi. Gretsiyaning qarzi esa 320 mlrd yevroni yoki 353 mlrd dollarni tashkil qiladi.
“Lyu buni hazil deb o‘yladi”, – tushuntirdi Shoyble.

Top