00:05 / 10.07.2015
4944

Goal.com: Di Mariya “Bavariya”ga o‘tishni istayapti

“Manchester Yunayted” yarimhimoyachisi Anxel Di Mariya o‘z faoliyatini “Bavariya”da davom ettirishi mumkin.

Argentinalik futbolchida “PSJ” va “Bavariya”ni tanlash imkoniyati bor, biroq uning o‘zi “Bavariya” variantiga qiziqish bildirmoqda, deb xabar bermoqda Goal.com.

Di Mariya agenti klub vakillari bilan uning klubga o‘tishi borasida gaplashdi, biroq nemis klubidan “MYu” ga rasmiy taklif bildirilmagan.

Qayd etilishicha, Di Mariya Myunxen klubi bosh murabbiyi Xosep Gvardiolaning muxlisi hisoblanadi va u bilan ishlashni orzu qiladi.

Biroq “Bavariya” futbolchi uchun 50 mln yevro taklif qila olishi mumkin, “MYu” esa unga 60 mln yevro so‘ramoqda.

Avvalroq argentinalik futbolchi “PSJ”ga o‘tishga prinsip jihatdan rozilik bergani ma'lum qilingandi.

Top