18:35 / 10.07.2015
9011

Internetda ranglar bo‘yicha yana tortishuvlar boshlandi

Ijtimoiy tarmoqlarda ranglar bo‘yicha yangi tortishuvlar paydo bo‘ldi. Endilikda foydalanuvchilar ikkita oyoqqa surtiluvchi laklarning qaysi biri tufli rangiga mos tushishi bo‘yicha bahslashishmoqda.

Mazkur foto BuzzFeed portaliga joylashtirilgan va hozirda foydalanuvchilarning fikrlari ham ikki xil ko‘rinishda yangramoqda.

BuzzFeed o‘tkazgan so‘rovga ko‘ra, 64 foiz foydalanuvchilar o‘ng tomondagi lak tufli rangiga monandligini ta'kidlagan bo‘lsa, 36 foizi bu borada teskari fikrni bildirishgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning fevralida ijtimoiy tarmoqlarda kuylakning tasviri joylashtirilgan va o‘shanda foydalanuvchilar uning qanday rangda: ko‘k-qorami yoki oq-tillarang ekanini aniqlashishda bahslashishgandi.

Top