10:23 / 10.07.2015
87797

Islom Karimov: butun dunyo xalqaro terrorchilik tahdidining kuchayishidan xavotirda

Bugun xalqaro terrorchilik va ekstremizm tahdidining kuchayishidan xavotirga tushmagan davlatning o‘zi yo‘q. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov 9 iyul kuni bo‘lib o‘tgan ShHT va BRIKSga a'zo davlatlar rahbarlari uchrashuvidagi chiqishida ma'lum qildi.
Shuningdek, u zamonaviy tahdidlarga qarshi kurashda davlatlar orasida o‘zaro ishonchni mustahkamlashning muhimligini ta'kidlab o‘tdi.
“ShHT va BRIKSga a'zo barcha davlatlar rahbarlari ishtirokidagi ushbu uchrashuv ulkan iqtisodiy va ijtimoiy salohiyatga ega har ikkala xalqaro struktura uchun muhim ahamiyat kasb etadi”, – ta'kidlab o‘tdi O‘zbekiston yetakchisi.

Top