12:05 / 10.07.2015
14138

Islom Karimov: Hindiston va Pokistonning ShHTga kirishi jahonning siyosiy xaritasini o‘zgartirib yuboradi

O‘zbekiston prezidenti Islom Karimovning fikricha, Shanxay hamkorlik tashkiloti tarkibiga yadroviy qurolga ega yangi mamlakatlar, aynan Hindiston va Pokistonning kirishi jahon siyosiy xaritasini o‘zgartirib yuboradi. Bu haqda u Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan o‘tkazilgan ikki tomonlama uchrashuv chog‘ida aytib o‘tdi.
“Bu ikki davlat oddiy emas, balki yadroviy qurolga ega ekanligini hisobga olsak, ularning tashkilotga qo‘shilish jarayoni qanday kechadi? Agar shu jihatdan qarasak, ularning ShHT tarkibiga kirishi nafaqat siyosiy xaritani o‘zgartiradi, balki, o‘ylashimcha, kuch taqsimotini ham o‘zgartiradi”, – uning so‘zlarini keltiradi TASS agentligi.

Top