17:43 / 10.07.2015
4705

O‘zbekiston BMTni IShID masalasini o‘rganuvchi komissiya tuzishga chaqirdi

O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov BMT qoshida IShID terrorchi guruhi faoliyati bilan bog‘liq masalalarni o‘rganuvchi komissiya tashkil qilishga chaqirdi. Bu haqda u Shanxay hamkorlik tashkiloti Ufa sammitining kengaytirilgan yig‘ilishida qilgan chiqishida bayonot berdi.
“Ko‘plar IShID haqida gapiradi, lekin, afsuski, IShID shakllangan ildizlarni ko‘plar topa olgani yo‘q. Agar bu mavzuni yanada rivojlantirsak, menimcha, BMT qoshida qandaydir maxsus komissiya yaratish xalaqit bermagan bo‘lardi”, – uning so‘zlarini keltiradi TASS agentligi.
“Fikrimcha, – davom etdi O‘zbekiston yetakchisi. – Bu komissiya biror taklif bildirishi va uni muhokamaga qo‘yishi, bu borada yagona fikrni shakllantirishi mumkin bo‘lar edi. IShID nima, unga qanday qarash, unga qarshi qanday kurashish kabi masalalarda yagona fikr bo‘lar edi”.

Top