17:38 / 10.07.2015
10295

O‘zbekiston rahbari ShHT kengayishi bo‘yicha savollari borligini ma'lum qildi

O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin bilan uchrashuv chog‘ida unda Shanxay hamkorlik tashkilotida O‘zbekistonning raislik qilishi va tashkilotning kengayishi borasida savollari borligini ma'lum qildi.
“Aytishim kerakki, menda juda ko‘p savollar bor, ularga sizdan javob kutaman. Faqat siz menga aniq, to‘g‘ri javob berishingiz mumkin. Bizning raisligimiz bilan bog‘liq ravishda tug‘ilayotgan murakkab savollarga”, – dedi u Putinga murojaat qilib.
Eslatib o‘tamiz, Ufada 8-10 iyul kunlari ShHT va BRIKS sammitlari o‘tkaziladi. Joriy yilda har ikki tashkilotga Rossiya raislik qilmoqda.

Top