10:51 / 10.07.2015
10034

Samsung batareyalar hajmini grafen yordamida 1,8 marta oshirdi

Samsung Electronics kompaniyasining texnologiyalar ilg‘or instituti olimlari litiy-ionli batareyalarning ko‘rsatkichlarini kremniy va grafendan foydalanib, yaxshilash usulini ixtiro qilishdi. Taklif etilayotgan usul akkumulyatorlarning energiya hajmini 1,8 marotaba oshirishga imkon berdi.

Ixtirochilar kremniy sirtida kremniy karbidi shakllantirmagan holda grafenni o‘stirib, yangi anod material olishdi. Yangi material tijorat grafitiga isbatan 4 marta ko‘proq hajmga ega. Karbidsiz grafen fazaning bug‘li o‘tirishi usuli bilan shakllantirildi. Litiy-ionli akkumulyatorlarni yaratishda kremniy tagliklarini qo‘llash “uzoqroq yashaydigan ” akkumulyatorlarni yaratishga imkon beradi. Biroq litiy qo‘shilishi bilan anod kengayadi. Bu nomaqbul effektning oldini olish uchun ixtirochilar grafen qatlami yordamida sirpanuvchi mexanizmni ishlab chiqishdi, bu mexanizm kremniyning butligini saqlashga imkon beradi.

Ixtirochilar hali yangi materialni ommaviy tarzda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ya olishmagan.

Top