02:02 / 10.07.2015
10171

Saudiya Arabistonining sobiq tashqi ishlar vaziri, shahzoda Saud al-Faysal vafot etdi

Saudiya Arabistoni Tashqi ishlar vazirligini ko‘p yillar davomida boshqargan shahzoda Saud al-Faysal 76 yoshida vafot etdi. Bu haqda qirollikning rasmiy axborot agentligi SPA xabar berdi.

Shahzoda Los-Andjyelesda vafot etdi. Al-Faysal u yerda davolanayotgan edi.

Al-Faysal mamlakat Tashqi ishlar vazirligini 1975 yildan boshlab 40 yil davomida boshqarib kelgan va o‘z lavozimini tarixda istalgan boshqa tashqi ishlar vaziridan ko‘proq vaqt davomida egallagan.

Oxirga paytlar aksariyat vaqtini xorijiy shifoxonalarda o‘tkazayotgan keksa yoshdagi shahzodani Saudiya Arabistonining yangi qiroli Salmon ibn Abdulaziz al-Saud joriy yilning aprel oyi oxirida iste'foga chiqardi. Uning o‘rnini Ar-Riyodning Vashingtondagi elchisi Odil al-Jubayr egalladi.

Saudiya Arabistoni shahzodasi qirol Faysalning yettita o‘g‘lidan biri bo‘lgan.

Top