11:33 / 10.07.2015
9790

ShHTning kengayib borishi G‘arbni tashvishga solmoqda

Shanxay hamkorlik tashkilotiga Hindiston va Pokistonning qo‘shilishi borasidagi rejalar G‘arb davlatlarini tashvishga solmoqda. Bu haqda AQShning Newsweek gazetasining onlayn versiyasida chop etilgan “Yangi sharqiy blok: Xitoy, Rossiya va Hindiston kuchlarini birlashtirmoqda” nomli maqolada aytilmoqda.
ShHTni kengaytirishga bo‘lgan harakatni izohlar ekan, muallif shunday deb yozadi: “Bu G‘arbga deyarli ma'lum bo‘lmagan xalqaro tashkilotdir. Yaqinda uning tarkibida dunyo aholisining yarmini qamrab oluvchi davlatlar bo‘ladi. Agar buni qo‘llab-quvvatlovchilar, birinchi navbatda Rossiyaning umidlari oqlansa, ShHTning Ufa sammitidan so‘ng bu birlashma G‘arb tomonidan o‘ziga ko‘proq e'tibor talab qila boshlaydi”.
Tahlilchining fikricha, Hindiston va Pokistonning ShHT tarkibiga qo‘shilishi tashkilotning janubiy Osiyodagi ta'sirini o‘stirib, uning Ikkinchi Jahon urushidan so‘ng G‘arb boshqaruvi ostida yetakchi rol o‘ynab kelgan xalqaro institutlarga qarshi turish maqsadini ko‘rsatib beradi.

Top