12:03 / 10.07.2015
3422

Tinch okeanida 7 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

Tinch okeanida, Sulaymon orollariga yaqin hududda 7 balli kuchli yer qimirlashi sodir bo‘ldi. Bu haqda AQSh geologiya xizmati sayti xabar qildi.
Silkinishlar 20 km yer ostida poytaxt Xoniaradan 170 km narida sodir bo‘ldi.
Jabrlanganlar haqida ma'lumot berilmagan. Shuningdek, sunami xavfi ham e'lon qilinmagan.

Top