14:21 / 10.07.2015
3289

Ukraina amaldorlar o‘g‘irlagan 30 mlrd dollarni chet eldan qaytarmoqchi

Ukraina IIB noqonuniy olingan aktivlarni qaytarish boshqarmasi oliy martabali amaldorlar tomonidan mamlakat tashqarisiga olib chiqib ketilgan 30 mlrd dollarni qaytarish ustida ishlamoqda. Bu haqda boshqarma rahbari Yelena Tishchenko 5-kanalga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
“Biz barcha pullarni qaytarmoqchimiz. Kamida 30 mlrd dollar. Qanchasini qaytara olishimizni ko‘ramiz”, – dedi u.
Tishchenkoning so‘zlariga qaraganda, gap biznesmen Sergey Kurchenko, investitsiyalar va milliy loyihalarni boshqarish agentligining sobiq rahbari Vladislav Kaskov, sobiq ekologiya va tabiiy resurslar vaziri Nikolay Zlochevskiylar tomonidan olib chiqib ketilgan pullar haqida ketmoqda.
Bosh prokuratura Oliy Radada o‘g‘irlangan mablag‘larni qaytarish to‘g‘risidagi qonunning qabul qilinishi tashabbusi bilan chiqmoqda.

Top