11:48 / 10.07.2015
11020

Umrida ilk marta mushukchalarni ko‘rib turgan kuchukchalar ular bilan do‘stlashib qolishdi

Tadqiqotchilar tug‘ilganidan beri hali mushuk bolalarini ko‘rmagan kuchuk bolalarining mushukchalar bilan uchrashuvini tashkil qilishdi.

O‘z navbatida bu mushukchalar ham ko‘zini ochganidan buyon hali kuchukchalarni uchratmagandi.

Natijada, bu jonivorlar bir-birlariga tashlanishmadi, bir-birlarini tishlashmadi va timdalashmadi.

Aksincha, quyidagi videolavhada kuchukchalar mushukchalar bilan birga o‘ynab, bir idishdan ovqatlanayotganini ko‘rish mumkin.

Top