07:07 / 10.07.2015
20152

Xitoyliklar Amerikani Kolumbdan 3 ming yil avval ochgan bo‘lishlari mumkin

Qadimiy xitoy tilidagi yozuvlar Nyu-Meksiko shtatidagi Albukerke shahridan g‘arb tomonda joylashgan Petroglif milliy yodgorligida topildi. Yodgorlik maydoni 30 kv km ni tashkil qiladi, uning hududida yuzlab artitektura yodgorliklari va 25 mingga yaqin toshdagi tasvirlar mavjud. Aynan shu toshlar orasida mutaxassislarning fikricha miloddan avvalgi XVII-XI yillarda Xitoy hududida hukmronlik qilgan Shan sulolasi davriga tegishli bo‘lgan yozuvlar topilgan. Bu Xitoy vakillari Amerikaga Kolumbdan 2800 yil avval yetib bora olganlarini anglatadi.

Olimlar topilgan yozuvlardan ba'zilarini o‘qiy oldilar. Piktogrammalar – rasmli belgilarning shakli hamda yozuvlarning mazmuni mutaxassislarga bu yozuvlarni haqiqiy deb aytishlariga imkon beradi, deb xabar bermoqda Daily Mail nashri. 

Top