14:00 / 10.07.2015
2040

"Yuventus" Pogba yoki Vildalning ketishi evaziga O‘zilni xarid qilishi mumkin

"Yuventus" jamoasidagilar "Arsenal"ning germaniyalik pleymeykeri Mesut O‘zilni transfer qilish haqida o‘ylamoqda.

Tuttosport nashri ma'lumotiga ko‘ra, turinliklar o‘z yarim himoyachilari Arturo Vidal yoki Pol Pogbadan biri yoki ikkalasi ham jamoani tark etgan holda ularning o‘rnini O‘zilni bilan to‘ldirishni rejalashtirgan.

"Yuventus" bu futbolchi uchun 29 mln funtlik taklif tayyorlab qo‘ygani aytilgan.

Ma'lumot uchun, Mesut O‘zil o‘tgan mavsumda "Arsenal" safida APLning 22ta o‘yinida maydonga tushib, 4ta gol urgan hamda 6ta golli pas uzatgan.

Top