09:40 / 11.07.2015
2230

ESM va XVJ Gretsiyaga 74 mlrd yevro ajratishi mumkin

Gretsiyaga ko‘rsatiladigan yangi ko‘mak paketiga muvofiq, Yevropa barqarorlik mexanizmi va Xalqaro valyuta jamg‘armasi mamlakatga 74 mlrd yevro ajratishni rejalashtirmoqda, deb xabar bermoqda “Novosti” axborot agentligi.

Yevropa barqarorlik mexanizmi Gretsiyaga 58 mlrd yevro ajratishi mumkin. O‘z navbatida XVJ unga qo‘shilib, 16 mlrd yevro ajratishni rejalashtirmoqda.

Avvalroq Gretsiya bank tizimini saqlab qolish uchun 14 mlrd yevrogacha qiymatdagi mablag‘ talab qilinishi mumkinligi ma'lum qilingandi.

Top