01:18 / 11.07.2015
2437

Federer Uimbldon finaliga yo‘l oldi

Shveytsariyalik tennischi Rojyer Federer (2-raqamli tennischi) Uimbldon finaliga yo‘l oldi. Federer musobaqaning yarimfinal uchrashuvida britaniyalik tennischi Endi Marreyga hech qandlay imkoniyat qoldirmadi. Uchrashuv 7:5, 7:5, 6:4 hisobi bilan yakunlandi. Tennischilar kortda 2 soat 6 daqiqa o‘tkazishdi.

Eng nufuzli tennis musobaqasining finalida Federer fransiyalik tennischi Rishar Gaskeni mag‘lub etgan hozirda 1-raqamli tennischi bo‘lib turgan serbiyalik Novak Jokovich bilan uchrashadi.

Top