09:26 / 11.07.2015
1962

Gretsiya parlamenti Tsiprasni kreditorlar bilan kelishuvni imzolashga vakolatli shaxs qilib tayinladi

Gretsiya parlamenti mamlakat bosh vaziri Aleksis Tsipras va uning delegatsiyasini mamlakat tomonidan kreditorlar institutlari davlatlariga yuborgan shartlar asosida kreditorlar bilan kelishuv imzolashga vakolatli shaxs etib tasdiqladi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

Bosh vazir Aleksis Tsipras, bosh vazir o‘rinbosari Yannis Dragasakis va moliya vaziri Evklid Tsakalotosni kelishuvni tuzish bo‘yicha vakil qilib tayinlash qarori parlamentning navbatdan tashqari yalpi majlisi davomida qabul qilindi.

Muhokama davomida parlament tomonidan kelishuvni imzolashga delegatsiyaning vakolatlari ko‘rib chiqildi, muzokaralar yakunlangandan keyin uning matni deputatlarning ma'qullashidan o‘tishi uchun yana parlamentga yuboriladi.

Avvalroq Gretsiya parlamenti raisi mamlakat qarzini noqonuniy deb aytgan edi.

Top