14:25 / 11.07.2015
3274

Ikki nafar indoneziyalik uchuvchi "IShID" safiga o‘tib ketgani taxmin qilinmoqda

Avstraliya hukumati AirAsia aviakompaniyasining ikki nafar uchuvchisi jangarilar tomonidan yollangani haqidagi taxminlardan xavotirda ekanini ma'lum qildi.

CNN telekanalida xabar qilinishicha, AirAsia aviakompaniyasiga tegishli samolyot fonida tushgan suratini feysbukka joylashtirgan gumon qilinuvchining sahifasi tekshirilmoqda.

Shu bo‘yicha o‘tkazilgan tekshiruv hisobotida aytilishicha, 2014 yilda ushbu uchuvchi "IShID"ni targ‘ib qilishni boshlagan va o‘z ismini o‘zgartirib, Suriyadagi Rakka shahriga yo‘l olgan.

"Tekshiruvlarimiz natijalari hozircha o‘z isbotini topmadi. Hali ularni "IShID" a'zosi sifatida tasdiqlay olmaymiz", deyiladi hisobotda.

Top