18:18 / 11.07.2015
4326

Ispaniya chempionatini namoyish etish huquqi 600 mln yevroga sotildi

Telefonica kompaniyasi 2015-2016 yillar mavsumida Ispaniya La-ligasi hamda segundasi o‘yinlarini namoyish etish huquqini 600 mln yevro evaziga qo‘lga kiritdi. Bu haqda La-liganing rasmiy saytida xabar berilgan.

Huquqlar paketi Segunda va Ispaniya kubogi o‘yinlarini pay-per-view sistemasida ko‘rsatishni ham o‘z ichiga oladi.

Taqqoslash uchun, Angliya chempionatini uch mavsum ko‘rsatish huquqi Sky va BT Sport kompaniyalari tomonidan 7 milliard yevroga sotib olingan.

Top