23:42 / 11.07.2015
3260

OAV: Germaniya Gretsiyaga yevrohududni 5 yilga tark etishni taklif qilmoqda

Germaniya moliya vaziri Volfgang Shoyble Gretsiyaning yangi takliflarini yetarlicha emas deb ma'qullamayapti, deb xabar bermoqda Frankfurter Allgemeine Zeitung.

Germaniya moliya vazirligi Gretsiyaning takliflariga salbiy baho berdi. “Bu takliflar mamlakat iqtisodiyotini modernizatsiya qilish va uzoq muddatli iqtisodiy o‘sish, barqaror rivojlanish uchun yetarlicha emas”, deb aytmoqda Shoyble. Uning fikricha, bu takliflar mutlaq yangi, uch yillik moliyaviy ko‘mak dasturi uchun asos bo‘la olmaydi.

Shoyblening aytishicha, Gretsiyada vujudga kelgan vaziyatdan chiqishning bir necha usullari mavjud. Mamlakat o‘z takliflarini zudlik bilan o‘zgartirishi va 50 mlrd yevrolik davlat aktivlarini yevrohududning maqsadli fondiga o‘tkazishi va shu tariqa qarzini uzishi kerak. Yana bir variantga ko‘ra, Afina muzokaralarda tanaffus olib, mamlakatning qarzi restrukturizatsiya qilinmagunga qadar taxminan 5 yilga yevrohududni tark etishi kerak. Shu bilan birga Gretsiya Yevropa Ittifoqi a'zosi bo‘lib qoladi va “gumanitar va texnik ko‘mak” olishi mumkin bo‘ladi.

Avvalroq Shoyble Gretsiyaning kreditorlar oldidagi qarzining bir qismidan voz kechish qabul qilingan kelishuvlarga ko‘ra noqonuniy bo‘lishini ma'lum qilgandi.

Top