12:24 / 11.07.2015
3515

O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida tovar ayirboshlash hajmi 2014 yilda 6 mlrd dollardan oshgan

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 10 iyul kuni Ufada o‘tkazilgan ShHT sammiti doirasida Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashdi.

Ushbu uchrashuv O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasida ittifoqchilik munosabatlari o‘rnatilganining 10 yilligida o‘tayotgani hamda hamkorlikning barcha ustuvor va istiqbolli yo‘nalishlari bo‘yicha fikr almashish uchun qulay fursat ekani ta'kidlandi.

Prezidentlar siyosiy, savdo-iqtisodiy va gumanitar hamkorlik masalalarini muhokama qildilar. Mintaqaviy xavfsizlikka doir dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi.

O‘zbekiston va Rossiya ShHT va MDH doirasida faol hamkorlik qilayotgani qayd etildi.

Rossiya O‘zbekistonning yirik savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy sheriklaridan biri ekanligi ta'kidlandi. Mamlakatlar o‘rtasida tovar ayirboshlash hajmi izchil ortib borayotgani alohida qayd etildi. 2014 yilda bu boradagi ko‘rsatkich 6 milliard dollardan oshgan.

Vladimir Putin Islom Karimovni davlat tashrifi bilan Rossiya Federatsiyasiga taklif etdi.

Top