11:08 / 11.07.2015
4740

Saakashvili odessalik bojxonachilarni “model ko‘rinishidagi yigitlar” bilan almashtirmoqchi

Odessaning yangi bojxona terminalida model ko‘rinishidagi yosh yigitlar ishga joylashtiriladi, deb aytdi Odessa viloyati gubernatori Mixail Saakashvili.

“Barcha huquq-tartibot muassasalari xodimlari olinadi, yangi terminal qurilmoqda, u yerda bojxonachilardan ko‘ra model ko‘rinishidagi yigitlar o‘tiradi”, deb aytdi Saakashvili.

Saakashvilining aytishicha, bojxona xizmatini o‘zgartirish uchun yangi yondashuvlar qo‘llanadi, chunki u hozirgi ahvolida faoliyat yuritishga qodir emas.

Top