00:28 / 11.07.2015
2937

Somali poytaxtida kuchli portlash yuz berdi

Somali poytaxti Mogadisho shahrida 10 iyul kuni kuchli portlash yuz berdi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, terrorchi-xudkush minalashtirilgan avtomobilda o‘zini mehmonxonalardan biri oldida portlatib yuborgan.

Reuters ning qayd etilishicha, “Ash-Shabob” terrorchilik guruhi jangarilari sodir etgan terakt oqibatida kamida 4 kishi halok bo‘lgan.

“Ash-Shabob” 2004 yilda Somalida tashkil topgan radikal guruh hisoblanadi. 2008 yildan boshlab guruh jangarilari xudkushlar va portlovchi moddalar bilan to‘ldirilgan mashinalardan foydalangan holda muntazam ravishda teraktlar uyushtiirib kelishadi. Guruh “Al-Qoida”, somalilik tadbirkorlar bergan pullar hamda guruh nazoratidagi hududlardagi aholidan olinadigan soliqlar hisobiga moliyalashtirildi.

“Ash-Shabob” hisobida Somali hukumatiga terrorchilar bilan kurashishda ko‘mak ko‘rsatayotgan davlatlarda amalga oshirilgan bir qator hujumlar bor. Joriy yilning aprelida jangarilar Keniyadagi Garissa shahri universitetiga bostirib kirib, talabalarni garovga olgan. Hujum oqibatida 148 kishi o‘ldirilgan.

Top