17:26 / 11.07.2015
14756

Televizorni tashlab yuborishga majbur qiluvchi 8 surat

Hammaga ayonki, bolalar ota-onalariga nafaqat shodlik, balki ba'zida shirin tashvish ham olib kelishadi. Tinib-tinchimas kichkintoylardan bir zumga ko‘z uzib bo‘lmaydi. Bu esa kishini charchatib qo‘yadi. Ustiga-ustak uyda boshqa ishlar ham ko‘p bo‘lganda. Shuning uchun ba'zi ota-onalar bolalariga ko‘p chalg‘imaslik uchun ularni televizor oldiga o‘tqazib qo‘yishadi. Kichkintoylar esa televizor lavhalariga mahliyo bo‘lib, o‘zlarini tinch tutishadi, hech kimga halaqit ham berishmaydi. Ota-onaning vazifasi faqat vaqti-vaqti bilan farzandining og‘izchasini artib, “chaynab-chaynab yut”, deya ovqatlantirib turishdan iborat bo‘lib qoladi, xolos. Xullas, butun uyda tinchlik hukmronlik qiladi!

Biroq aslida televizor siz-u biz o‘ylagandek foydali matoh emas! Agar bolalar soatlab vaqtini “oyinayi jahon” oldida o‘tkazsa, bu ularning sog‘lig‘iga yomon ta'sir qilishi tayin. Mashhur fotograf Donna Stivens ota-onalar e'tiborini mazkur muammoga tortishga qaror qildi va “Idiot Box” nomi ostida fotosuratlar seriyasini yaratdi. Ushbu suratlarda ko‘p vaqtini televizor oldida o‘tkazgan kichkintoylarning yuz ifodasi tasvirlangan. Bu suratlarni tomosha qilganingizdan keyin siz ham nega televizorni “manqurt-quti” (“zomboyashchik”) deb atashlariga iqror bo‘lasiz.

Bolakayning ruhi bu dunyodan allaqachon uzilgan.

Odamni vahimaga soladigan manzara.

U televizorga go‘yo bo‘g‘ma ilon tomonidan gipnoz qilingan quyonga o‘xshab qaramoqda.

Bolakayni ko‘rib “manqurt-quti”ni darhol tashlab yuborging keladi.

Qizaloq xuddi nuqsoni bor qo‘g‘irchoqqa o‘xshab qolgan.

Uning yuzida intellekt belgilaridan zarracha qolmagan.

Uning yoshi nechida ekan-a?

Ushbu suratlar har qanday targ‘ibot-tashviqot ishlaridan ming chandon foydaliroq. Bu bolajonlarning yuzlarini ko‘rib, farzandingizni soatlab televizor qarshisida qoldirmaysiz. Suratlarni do‘stlaringizga ham ko‘rsating, toki ular ham farzandlarini televizordan yiroq tutishsin. Har narsaning me'yori bo‘lgani yaxshi, aziz ota-onalar!

Manba: Xabardor.uz internet nashri

Top