08:54 / 12.07.2015
4974

“Betmen Supermenga qarshi” filmining treyleri namoyish qilindi

Warner Bros kompaniyasi 2016 yil 26 martda ekranlarga namoyishga chiqariladigan “Betmen Supermenga qarshi: Adolat boshlanganda” filmining treylerini namoyish qildi.

Zak Snayder rejissyorligi ostida suratga olinayotgan filmning treyleri San-Diyegodagi Comic-Con ommaviy madaniyat festivalida namoyish etildi.

“Iblislar ostimizdagi do‘zaxdan emas, tepamizdagi osmondan keladilar”, deydi treylerda Supermen o‘z dushmani – aktyor Jyessi Ayzenberg ijrosidagi superyovuz Leks Lyutorga.

Top