23:43 / 12.07.2015
3602

“Manchester Yunayted” “PSJ”ning Di Mariyaning transferi bo‘yicha bildirgan taklifiga ijobiy javob berdi

“PSJ” klubi “Manchester Yunayted”ga yarimhimoyachi Anxel Di Mariya transferining ehtimoli borligini aniqlash maqsadida so‘rov yubordi, deb xabar bermoqda RMC Sport nashri.

Nashrning ma'lumotlariga ko‘ra, ingliz klubi bu so‘rovga ijobiy javob berdi hamda futbolchini 65 mln yevroga sotishga tayyorligini ma'lum qildi. Biroq “PSJ” avval futbolchining o‘zi va uning agenti Jorjye Mendesh bilan yakuniy kelishuvga erishishni istayapti.

Top