17:39 / 12.07.2015
8673

AQShlik geosiyosatchi Draytser: AQSh Rossiya bilan munosabatlarda – siyosiy bankrotga uchradi

AQShning Rossiyaga qarshi qaratilgan bosqinchilik siyosati to‘liq muvaffaqiyatsizlikka uchradi, deb aytdi geosiyosat sohasidagi AQShlik ekspert Erik Draytser Eronning Press TV telekanaliga bergan intervyusida.

“Haqiqat shundan iboratki, AQSh Ukrainada mag‘lubiyatga uchradi. Vashington – birorta ham qo‘yilgan maqsadiga erisha olmagan siyosiy bankrot”, deb aytmoqda Draytser.

Draytser AQSh dengiz piyoda qo‘shinlari korpusi qo‘mondoni general Jozef Danfordning Rossiya AQSh uchun eng katta xavf ekanligi haqidagi so‘zlarini tanqid ostiga oldi.

Draytser Danfordning aytgan so‘zlari “bekorchi gapdan bo‘lak narsa emas, chunki haqiqatda na Rossiya hukumati, na Rossiya armiyasi AQSh bilan harbiy mojarodan manfaatdor emas” deb ta'kidladi.

“Danford Rossiya – harbiy xavf degan g‘oyani Ukrainadagi mojaroning u yerga og‘ir qurol-aslaha yuborish bilan kengaytirilishini oqlamoqda”, deb ta'kidlamoqda geosiyosatchi.

Draytser AQSh harbiy muassasalari rahbarlari “diplomatiyadan umuman xabarlari yo‘q” va tinchlik o‘rnatishdan manfaatdor emasliklariga ishonchi komil ekanligini aytdi.

Top