01:05 / 12.07.2015
2702

De Laurentis: Iguain “Napoli”dan ketishiga umid qilaman, shunda 90 mln ga men 8 ta o‘yinchi sotib olaman

“Napoli” prezidenti Aurelio De Laurentis klub yarimhimoyachisi Gonsalo Iguainga xaridor topilishiga umid qilishini ma'lum qildi. Shuningdek, De Laurentis hujumchining Dortmundning “Borussiya” klubiga o‘tishi haqidagi gaplarni rad etdi.

“Iguain ketishiga umid qilaman. Shunda unga beriladigan 90 mln yevroga 8 ta o‘yinchi sotib olaman! Chiro Immobile? Uni sotib olmayman, chunki Chiro uning yonida Insine va Verratti bo‘lganda yaxshi o‘ynaydi. Biroq mening jamoamda bu ikki o‘yinchidan faqat biri bor”, deb De Laurentis aytgan so‘zlarni keltirib o‘tdi Football-Italia nashri.

Avvalroq “Napoli” Iguaindan voz kechish qiymati 94,736 mln yevroni tashkil qilishini e'lon qilgan edi. O‘tgan mavsumda ispaniyalik hujumchi Italiyaning A seriyasida 37 ta o‘yin o‘tkazib, raqiblar darvozasiga 18 ta to‘p (3 ta 11 metrlik jarimadan) urgan.

Top