09:00 / 12.07.2015
2612

OAV: Finlyandiya Gretsiyani yevrohududdan chiqarishga chaqirmoqda

Finlyandiya Yevroguruhni Gretsiyani yevrohududdan chiqarishga chaqirmoqda, deb xabar bermoqda Yle nashri.

Olingan ma'lumotlarga ko‘ra, Finlyandiya Gretsiyaga yangi moliyaviy ko‘mak paketi taqdim qilinishiga qat'iyan qarshi chiqmoqda. Finlyandiya moliya vaziri Aleksandr Stubb parlament komissiyasidan amalda Gretsiyaning yevrohududdan chiqarilishini bildiradigan qat'iy mandat oldi.

Muzokaralarda ushbu fikrida qat'iy turib olgan Finlyandiya o‘z fikrini yolg‘izlikda himoya qilishiga to‘g‘ri keladigan ko‘rinadi. Yevroguruhning qarori bir ovozdan qabul qilinishi kerak, Finlyandiyaning noroziligi esa “ayni paytda grek masalasi bo‘yicha kelishuvga erishilmasligidan” darak beradi, deb yozmoqda nashr.

Gretsiya bo‘yicha qaror Finlyandiyada katta bahslar keltirib chiqardi va deyarli hukumatning ikki tomonga ajralishiga olib keldi. “Asl finnlar” Gretsiyaga moliyaviy ko‘mak ko‘rsatilishiga qat'iyan qarshi chiqmoqdalar.

Top