09:42 / 12.07.2015
4964

Oyatulloh Hameneiy Eron AQShga qarshi turishda davom etishi lozimligini aytdi

Eron yadroviy dasturi bo‘yicha muzokaralarning natijalaridan qat'i nazar, Eron AQShga qarshi turishni to‘xtatishi kerak emas, deb aytdi Eron oliy diniy yetakchisi oyatulloh Ali Hameneiy.

Reyter agentligining Eron telekanallaridan biriga iqtibos keltirgan holda ma'lum qilishicha, Hameneiy eronlik talabalar bilan uchrashuvi davomida AQShni “dimog‘dorlikka a'lo darajadagi misol” deb aytdi hamda Eron xalqini “dimog‘dor kuchlar bilan kurashga tayyor turishi kerakligini” qo‘shimcha qilib o‘tdi.

Bu bayonot Eron yadroviy dasturi bo‘yicha Eron va Buyuk Britaniya, Germaniya, Xitoy, Fransiya, Rossiya va AQShdan tarkib togan “oltilik” o‘rtasidagi muzokaralar ortida berildi.

Eron Tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarif 10-11 iyul kunlarida Venada bir qator ikki tomonlama, jumladan AQSh Davlat kotibi Jon Kerri, Fransiya Tashqi ishlar vaziri Loran Fabius, Yevropa Ittifoqi tashqi siyosati xizmati boshlig‘i Federika Mogerini bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

Tehronning yadroviy masalasi bo‘yicha muzokaralar 11 iyul kuni ikki tomonlama shaklga o‘tdi va yaqin orada xalqaro vositachilar “oltiligi”ning Tashqi ishlar vazirlari va delegatsiyalari darajasidagi yig‘ilishiga o‘tishi mumkin.

Avvalroq tomonlar 13 iyulgacha kelishuvga erishishga umid bildirayotganlari ma'lum qilingandi.

Top