00:55 / 12.07.2015
7721

Rossiya Tashqi ishlar vazirining havo orqali yuborilgan bo‘sasi aks etgan video internetda ommalashmoqda

Ufada bo‘lib o‘tgan ShHT sammiti paytida Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning Vladimir Putin orqasidan turib kimgadir qo‘lini siltab, “havo orqali” bo‘sa yuborishi aks etgan video internet ahlini o‘ziga tortmoqda.

Tashqi ishlar vazirligida bu holatga hazil sifatida qarab, ushbu holat tasvirga olingan videoni vazirlikning Facebook dagi sahifasida joylashtirishdi hamda “Lavrov ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilariga bo‘sa yubormoqda. Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov o‘z jamoasi bilan hammaga dam olish kunlari yaxshi o‘tishini tilab qoldi” deb izoh berib qo‘yildi.

Shuningdek, sammit paytida Hindiston bosh vazirining Lavrovga go‘yoki “shoh” qo‘ygandek tasvirlangan surati ham internet foydalanuvchilarning tabassumini uyg‘otdi.

Qizig‘i, ko‘pchilik ushbu rolikni yirik planda ko‘rganlar. Unda faqatgina Lavrovning o‘zi aks etgan. Biroq ushbu vaziyat uzoqdan olingan videoda Lavrovning oldida uning orqasida bo‘layotgan voqealardan bexabar o‘tirgan Putinni ko‘rish mumkin.

Top