21:55 / 12.07.2015
2606

Serbiyalik tennischi Novak Jokovich Uimbldon g‘olibi bo‘ldi

Serbiyalik tennischi Novak Jokovich Uimbldon musobaqasining finalida shveysariyalik tennischi Rojyer Federer ustidan g‘alaba qozonib, ushbu musobaqaning uch karra g‘olibiga aylandi.

12 iyul kuni o‘tkazilgan musobaqaning final uchrashuvida hozirda dunyo reytingida 1-o‘rinni egallab turgan hamda ushbu musobaqaning 2011 va 2014 yillardagi g‘olibi bo‘lgan Jokovich musobaqaning yetti karra g‘olibi Federer (2-raqamli tennischi) ustidan to‘rt setda 7:6 (7:1), 6:7 (10:12), 6:4, 6:3 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuv 3 soat davom etdi.

Raqiblar 2014 yilda ham musobaqaning finalida uchrashgan edilar va bu uchrashuvda ham Jokovichning qo‘li baland kelgan edi.
Ushbu yutuq 28 yoshli serbiyalik tennischining faoliyatida “Katta dubulg‘a” seriyasidagi musobaqalardagi 9-g‘alabasi bo‘ldi. 33 yoshli Federerning hisobida esa bu seriyadagi musobaqalarda 17 ta g‘alaba bor.

Top