23:37 / 13.07.2015
2520

“Tinkov” jamoasi velopoygachisi jinsiy a'zosidagi saraton tufayli “Tur de Frans”dagi ishtirokini to‘xtatdi

“Tinkoff-Saxo” jamoasi velopoygachisi Ivan Basso moyagida saraton aniqlangani tufayli “Tur de Frans”dagi ishtirokini to‘xtatdi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.

“Biz bu tashxis haqida ikki soat avval bildik. Men to‘xtashim kerak”, deb aytdi sportchi “Tur de Frans”dagi dam olish kuni maxsus chaqirtirilgan matbuot-anjumanida. Uning aytishicha, u zudlik bilan davolangani o‘z uyi – Italiyaga qaytib ketadi.

“Tinkoff-Saxo” jamoasining egasi rossiyalik tadbirkor Oleg Tinkov o‘zining tvitterdagi mikroblogida Bassoga tezda sog‘ayib ketishini tilab qoldi.

37 yoshli Basso nufuzli “Jiro d’Italiya” velopoygasining ikki bor g‘olibi bo‘lgan (2006, 2010). “Tinkoff-Saxo” safida 2014 yildan beri ishtirok etib keladi.

Xuddi shunday tashxis 1996 yilda AQShlik taniqli velopoygachi, “Tur de Frans”ning yetti karra g‘olibi Lens Armstrongga qo‘yilgan edi. Velopoygachi bu kasallikdan tirik qolishi 20 foizga baholangan bo‘lsada, undan forig‘ bo‘lishga muvaffaq bo‘lgan. 2012 yilda poygachi doping qabul qilgani uchun barcha unvonlaridan mahrum etilgan edi.

Top