18:24 / 13.07.2015
3297

2017 yili Aral Sea konsorsiumi uglevodorodlar qazib olishni boshlaydi

Orol dengizining O‘zbekistonga tegishli sektorida Aral Sea Operating Company operatsion konsorsiumi 2017 yilda uglevodorodlar konlarida qazib olish ishlarini boshlab yuborishi mumkin, deb xabar bermoqda Gazeta.uz. 
Dasturda ko‘zda tutilgan shartlarga muvofiq, 2017-2031 yillarda bu ishlarga 300 mln dollar investitsiya kiritish ko‘zda tutilmoqda. Ayni paytda geologiya razvedka ishlari yakuniy bosqichga kirmoqda. 780 kv km uchastkada o‘tkazilgan 3D-seysmorazvedka va dala ishlari 2014 yil martida yakunlangan edi. Joriy yilda bitta chuqur, 2016 yili esa yana ikkita sinov chuquri ochish rejalashtirilmoqda.
2006 yil avgustida O‘zbekiston hukumati va “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi, Rossiyaning “LUKOyl Oversiz”, Malayziyaning Petronas, Koreyaning KNOC, Xitoyning CNPC tarkibidagi xalqaro konsorsiumi ushbu 40 yillik loyihani imzolagan edi. 2011 yil mayida konsorsiumdan Petronas, 2013 yil sentabrida esa KNOC chiqdi. Konsortsiumda “O‘zbekneftgaz”ning ulushi 33.4, CNPC va “LUKOyl”ning ulushi 33.3 foizdan. Shartnoma shartlariga binoan O‘zbekistonning birinchi bosqichdagi minimal ulushi 50 foizni tashkil qiladi. Korxona 2007 yil yanvarida ishga tushirildi.

Top