13:10 / 13.07.2015
5567

Abu Dabida amerikalik o‘qituvchini o‘ldirgan ayol qatl qilindi

BAAda amerikalik o‘qituvchi Ibolya Raynni o‘ldirgan ayol qatl qilindi. Bu haqda WAM davlat axborot agentligi xabar bermoqda.
Aytilishicha, A'lo al-Xoshimiy 2014 yil 1 dekabrida Abu Dabidagi butiklardan birining hojatxonasida amerikalik ayol Ibolya Raynni pichoqlab o‘ldirgan. Kuzatuv kameralaridagi qaydlar uning niqobda qotillikni amalga oshirib, xotirjamlik bilan hojatxonani tark etganini ko‘rsatgan. Shu bois al-Xoshimiy “Arvoh” deb atala boshlangan.
Prokuror taftishining taxmin qilishicha, Rayn xonim AQSh aksenti bilan gapirganligi bois qotilda qiziqish uyg‘otgan va oqibatda uning qurboniga aylangan.
Shuningdek, al-Xoshimiy misrlik shifokorning uyiga bomba qo‘yishda ayblangan.
Jazo dushanba kuni ertalab ijro etildi.

Top