10:10 / 13.07.2015
2364

Bag‘doddagi teraktlarda 28 kishi halok bo‘ldi

Iroq poytaxtida uchta terrorchilik akti sodir etildi. Reuters agentligining mudofaa va sog‘liqni saqlash vazirliklariga tayangan holda ma'lumot berishicha, ularda 28 kishi halok bo‘ldi.
Shaharning Sha'b tumanida minalashtirilgan avtomobilning portlatib yuborilishi natijasida 10 kishi halok bo‘ldi. Politsiya voqea joyiga yetib kelganida terrorchi o‘zini portlatib yuborib, yana 9 kishini halok bo‘lishiga sababchi bo‘ldi.
Shu paytning o‘zida shaharning boshqa qismida navbatdagi mashinaning portlatilishi yana 9 kishi hayotdan olib ketdi.
Teraktlar shialar yashovchi hududlarda sodir etilgan.

Top