22:14 / 13.07.2015
2170

BMT: Iroqda 2014 yil boshidan beri 15 ming nafar tinch aholi halok bo‘ldi

2014 yilning boshidan joriy yilning aprel oyi oxirigacha Iroqda 15 mingga yaqin tinch aholi o‘ldirilgan.

Bu ma'lumotlar BMTning Bog‘doddagi vakolatxonasining maxsus hisobotida berildi.

BMT vakolatxonasining ma'lumotlariga ko‘ra, ushbu davr ichida BMT tomonidan Iroqning tinch aholisi orasida kamida 44 ming 136 kishi jabr ko‘rgani, ulardan 14 ming 947 nafari o‘ldirilgani va 29 ming 189 nafari yaralangani qayd etilgan.

BMT vakolatxonasining izohlashicha, bunda “rasman tasdiqlangan o‘limlar va jarohatlar soni hisobga olingan”. Aslida esa qurbonlarning haqiqiy soni hisobotda keltirilgan raqamlardan ancha ko‘proqni tashkil qiladi, deb ta'kidlanmoqda vakolatxonada.

Shuningdek, bu hisobotda “Iroq armiyasining minglab halok bo‘lgan harbiylari va Iroq hukumati qo‘shinlari bilan janglarda halok bo‘lgan IShID tarafdorlarining miqdori” ham hisobga olinmagan, chunki to‘qnashuvlarning ikki tomoni ham o‘z yo‘qotishlari haqida hech qanday rasmiy ma'lumotlar bermaydi.

Top