18:48 / 13.07.2015
2972

Britaniyalik ayol Feysbukdagi akkauntiga kirish uchun ismini o‘zgartirdi

Londonlik Luishem Djyemma Rojyers Feysbukdagi akkauntiga kirish uchun ismini o‘zgartirdi. Bu haqda The Telegraph nashrining yozishicha, endilikda 30 yoshli ayolning ismi Djyemmaroid fon Laalaadir.
Tibbiyot bilan shug‘ullanuvchi Rojyers xonim 2008 yili ijtimoiy tarmoqda ro‘yxatdan o‘tdi. U o‘z ismi bilan emas, balki taxallus ostida ro‘yxatdan o‘tgan edi.
Iyunda ayol ijtimoiy tarmoq ma'muriyatidan uning ismi-sharifi va akkaunti haqiqiy ekanligini isbotlovchi hujjatlar talab qilingan xat oldi. Akkaunti yopib qo‘yilishidan qo‘rqqan Rojyers xonim fotoshopda hujjatlarini tahrir qilib, ularda fon Laalaa ismini ko‘rsatdi. Ertasi kuni uning akkaunti yopib qo‘yildi.
Shunda ayol ism-sharifini rasman o‘zgartirib, hujjatlar nusxasini Feysbukka yo‘lladi. Ammo u shu paytgacha sahifasiga kira olgani yo‘q.
“Men barcha fotosuratlarimni, xabarlarim va qimmatli xotiralarimni yo‘qotdim”, – kuyinadi fon Laalaa zonim.
U hattoki bank kartalari va haydovchilik guvohnomasini yangi nomga o‘tkazgan. Hozirgacha uning xatlariga Feysbuk avtomati javob yozgan va ayolning muammosi o‘rganib chiqilayotganini xabar qilgan.

Top