16:48 / 13.07.2015
2257

Buxoroda qishloqdoshining 1.5 ming dollarini o‘g‘irlab ketgan shaxs qo‘lga olindi

IIV matbuot xizmatining xabar qilishicha, Buxoro viloyatining Peshku tumanida yashovchi Robiya ismli ayol mahalliy IIBga murojaat qilib, kimdir tunda uning uyiga kirib, 1.5 ming dollar pulini o‘g‘irlab ketganini aytgan.
Mazkur holat yuzasidan ichki ishlar idoralari xodimlari tomonidan olib borilgan chora-tadbirlar natijasida o‘g‘irlikni jabrlanuvchining Mo‘min ismli hamqishlog‘i sodir etgani aniqlandi. Ma'lum bo‘lishicha, u Robiyaning uyiga devor oshib kirgan va pullarni olib chiqib ketgan.
Gumondorning qilmishiga tergov jarayonida oydinlik kiritilishi aytilmoqda.

Top