02:39 / 13.07.2015
2175

Yevroguruh Yevropa Ittifoqiga Gretsiyaning yevrohududni vaqtinchalik tark etishni maslahat berishini taklif qilmoqda

Gretsiyada moliyaviy ko‘mak taqdim qilish bo‘yicha kelishuvga erishilmasa, Yevroguruh Yevropa Ittifoqiga Gretsiyaning yevrohududni vaqtinchalik tark etishni maslahat berishini taklif qilmoqda. Bu haqda Yevroguruhning Bryusseldagi uchrashuv yakunlariga ko‘ra tuzilgan hujjat loyihasida aytilmoqda.

“Gretsiga uchinchi ko‘mak dasturi bo‘yicha 82-86 mlrd yevro, jumladan 7 mlrd yevro 20 iyulgacha va 20,5 mlrd yevro avgust o‘rtasigacha kerak bo‘ladi”, deyilmoqda hujjatda.

Xalqaro valyuta jamg‘armasining Gretsiya bilan yangi kelishuvda ishtirok etishi yangi moliyalashtirish dasturini olish uchun majburiy shart hisoblanadi.

Avvalroq yevrohudud davlatlari vazirlari Gretsiya parlamentiga yangi islohotlarni qabul qilish uchun 15 iyulgacha vaqt berishgani ma'lum qilingan edi.

Top