08:40 / 13.07.2015
2097

KONKAKAF Kubogida 2 tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi

Shimoliy Amerika mamlakatlari o‘rtasida AQShda o‘tkazilayotgan KONKAKAF Kubogi uchun turnirda ikkinchi tur o‘yinlari yakunlandi.

11 iyul kuni mezbonlar Klint Dempsining navbatdagi goli evaziga Gaiti terma jamoasini mag‘lub etgach, o‘z guruhlarida birinchi o‘ringa mustahkam joylashishdi.
"A" guruhining ikkinchi o‘yinida Gonduras Panama bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi.

AQSh - Gaiti 1:0
Gol: Dempsi (47)

Gonduras - Panama 1:1
Gollar: Texada (21) - Naxar (81)

12 iyul kuni "V" guruhida ikkinchi tur o‘yinlari o‘tkazildi. Dastlab, birinchi turda kosta-rikaliklar bilan jangovor durang (2:2) qayd etgan Yamayka Kanadani 1:0 hisobida mag‘lub etdi va 4 ochko bilan guruh peshqadamiga aylandi.
Birinchi turda Kanada bilan durang o‘ynagan (0:0) Salvador esa ikkinchi turda ham Kosta-Rika bilan durang o‘ynadi - 1:1.

Yamayka - Kanada 1:0
Gol: Ostin (90)

Kosta-Rika - Salvador 1:1
Gollar: Ruis (61) - Korrea (90)

13 iyul kuni "C" guruhida 2 tur uchrashuvlari o‘tkazildi. Dastlab, Trinidad va Tobago termasi birinchi turda meksikaliklarga 0:6 hisobida mag‘lub bo‘lgan Kuba terma jamoasini 2:0 hisobida yengishdi. Bu terma jamoa birinchi turda Gvatemalani 3:1 hisobi bilan mag‘lub etgandi va endilikda 6 ochko to‘plagan holda birinchi o‘ringa joylashdi.

Guruhdagi ikkinchi uchrashuvda esa Meksika Gvatemala darvozasiga yo‘l topa olmadi 0:0.

Trinidad va Tobago - Kuba 2:0
Gollar: Bato (17), Buko (42)

Meksika - Gvatemala 0:0

Top