18:33 / 13.07.2015
2143

«Manchester Yunayted» Kavanining transferiga Di Mariyani qo‘shib yubormoqchi

"Manchester Yunayted" jamoasi rahbariyati Parijning "PSJ" klubi hamda Urugvay terma jamoasi hujumchisi Edinson Kavanini sotib olishga jiddiy bel bog‘lagan.

The Guardian nashrining xabariga ko‘ra, urugvaylik futbolchiga "Fenerbaxche"ga o‘tib yetgan Robin van Persining o‘rniga nomzod sifatida qaralmoqda

Transfer amalga oshishi uchun "qizil iblislar" Parij klubiga Anxel Di Mariyani ham qo‘shib berishmoqchi. Parijliklar bosh murabbiyi Loran Blan Di Mariyani o‘z jamoasida ko‘rish istagini bildirshgan.

Top