18:44 / 13.07.2015
7043

MDUning Toshkent filialida kirish imtihonlari bo‘lib o‘tmoqda

Lomonosov nomidagi Moskva Davlat universitetining Toshkentdagi filialida kirish imtihonlari bo‘lib o‘tmoqda.
Shaharda havoning qizib ketganligi bois imtihon topshiruvchilarga qulayliklar yaratish maqsadidad imtihon olinadigan xonalarda konditsionerlar ishga tushirilgan, qo‘shimcha ventilyatorlar o‘rnatilgan, hamshiralar navbatchiligi tashkil qilingan.
Joriy yilda filialga 480 abituriyent hujjat topshirdi. Psixologiya va amaliy matematika fakultetlariga 40tadan talaba qabul qilinadi.
Bugungi kunda oliygohda 300 nafar talaba tahsil ko‘rmoqda. 2006 yildan buyon oliygohni 420 talaba bitirdi.

Top