10:17 / 13.07.2015
3765

Navoiylik fermer nashafurush jiyanini tutishda ishtirok etdi

Karmana tumanidagi Azamat qishlog‘ida istiqomat qiluvchi, fermer xo‘jaligida sug‘oruvchi vazifasida ishlovchi kishi Zaharhovuz arig‘i bo‘yida nasha o‘sayotganini ko‘rib, uning yordamida pul ishlashni reja qildi, ammo amakisi uning ishlaridan xabar topib, tegishli idoralar bilan hamkorlikda fosh qildi. Bu haqda “Huquq” gazetasi yozmoqda.
Aytilishicha, bir kuni amakisi nomi keltirilmagan jinoyatchiga qo‘ng‘iroq qilib, “mol” kerakligini aytgan. “Fermer” 150 ming so‘mlik mahsulotni gugurt qutisiga joylab, kelishilgan yerga yo‘l olgan. Ammo amakisi bilan birga “mijoz” sifatida kelgan kishi aslida huquq-tartibot idorasi vakili bo‘lib chiqqan.
Nasha bilan qo‘lga tushgan shaxs 2.5 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.

Top