15:34 / 13.07.2015
2244

O‘zbekiston va Belgiya soliq axboroti almashishni yaxshilaydi

7 iyul kuni O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov o‘z qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi va Belgiya Qirolligi o‘rtasida 1996 yil 14 noyabrida imzolangan ikki marta soliqqa tortish va soliq to‘lashdan bo‘yin tovlashni bartaraf qilish to‘g‘risidagi konvensiyaga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risidagi bayonnomani tasdiqladi.

Ushbu bayonnoma shu yilning 18 fevral kuni Bryusselda imzolangan edi.
Konventsiyaga kiritilgan o‘zgartishlar xalqaro standartlarga mos kelishi va hamda soliq faoliyati shaffofligini ta'minlash, bu borada axborot almashishni yaxshilashga xizmat qilishi ta'kidlab o‘tildi.

Top