11:39 / 13.07.2015
4481

Qozog‘iston sobiq bosh vazirining ishi sudga oshirildi

Qozog‘iston sobiq bosh vaziri, korrupsiyada ayblanayotgan Serik Ahmetovning ishi sudga oshirildi. Bu haqda Qarag‘anda viloyat prokuraturasi matbuot xizmati xabar berdi.
Ahmetov viloyat va shaharning bir qancha sobiq amaldorlari bilan birga mansabni suiiste'mol qilganlikda, byudjyet mablag‘larini o‘zlashtirganlikda va tijorat faoliyatida noqonuniy ishtirok etganlikda ayblanmoqda. Ahmetov bu sxemalarga boshchilik qilganlikda gumon qilinmoqda.
Ahmetovning oxirgi lavozimi Qozog‘iston mudofaa vaziri bo‘lib, u bu mansabga 2014 yilning aprelida tayinlangan. Unga qadar Ahmetov 2012 yil sentabridan boshlab bosh vazir kursisida o‘tirgan.

Top