17:12 / 13.07.2015
6134

Qozog‘istonda Qurtafello brendi yaratildi

Qozog‘istonda “Qurtafello” tovar belgisi ro‘yxatdan o‘tkazildi, deb xabar beradi Tengrinews.kz resursi.
Janubiy Qozog‘iston viloyatida yashovchi tadbirkor Aynash Ubaydullayeva shu tariqa qurut sotilishiga mijozlar diqqatini jalb qilishni istaganini ma'lum qildi.
“Qimiz ishlab chiqarish bilan shug‘ullanaman. Chimkentda raqobat kuchli, qimiz ko‘p, shunga biror qiziq narsa o‘ylab topgim keldi. Internetda mijozlarning diqqatini chekish uchun qiziqroq narsalar qidirish jarayonida “kurtafayello” degan so‘zni uchratdim va bu menga yoqdi. Uni biroz o‘zgartirib Qurtafello shakliga keltirdim. Bizda ovullardan yetkaziladigan eng totli qurutlar bo‘ladi. Brend yaratib, odamlarning diqqatini tortdim deb o‘ylayman”, – dedi tadbirkor.
Uning ta'kidlashicha, “Qurtafello”ning bir qutisi o‘rtacha 250 tanga turadi.

Top