18:28 / 13.07.2015
1795

Ruben Baraxa "Elche" jamoasining yangi bosh murabbiyiga aylandi

"Valensiya" jamoasida yorqin futbolchilik faoliyatini ko‘rsatgan ispaniyalik sobiq futbolchi Ruben Baraxa "Elche" jamoasining yangi bosh murabbiyi bo‘ldi. Bu haqda jamoa rasmiy saytida ma'lum qilindi.

Xabar qilinishicha, jamoada unga Xose Ramon Rodriges hamda Manuel Pablo Risoto yordamchilik qilishadi.

Qayd etish joizki, Ruben Baraxa ilk marta bosh murabbiy sifatida ishlash arafasida turibdi.

Eslatib o‘tamiz, "Elche" jamoasi o‘tgan mavsum yakunida La-Ligada qolish huquqini beruvchi 14-o‘rinni qo‘lga kiritgan, ammo jamoa o‘z qarzlari tufayli quyi ligaga tushirib yuborilgandi. "Elche" bu borada yuqori sudga apellyatsiya bilan murojaat qilgan.

Top